🔴O‘rganishlar davomida Deputat tashrifi davomida tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-17-28-8-112-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan "Yangiturmush" mahallasi "Toshkent" ko‘chasining 1300 metr qismi asfaltlangani holati ajratilgan mablaglarning maqsadli ishlatilishi yuzaisdan deputatlik nazoratini olib bordi.
🔴Mazkur yo‘l infratuzilmasini yaxshilash loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori ijrosi doirasida bajarilgan bo‘lib, jarayonning sifati deputat tomonidan doimiy kuzatib borildi.
🔴Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan tahlillar natijasida asfalt yotqizish ishlari belgilangan texnik tartib va sifat standartlariga to‘liq mos ravishda bajarilganligi aniqlandi.
🔴Deputat mahalla faollari bilan muloqotda bo‘lib, yo‘l qoplamasining mustahkamligi va Kengash qarori ijrosining amaldagi natijadorligiga alohida urg‘u berdi.
🔴Infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi murojaatlarini qonuniy hal etish yuzasidan deputatlik nazorati hamda "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettiriladi.
🔴Ushbu sa’y-harakatlar mahallalardagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash bilan birga, fuqarolarning hayot darajasini va hudud obodligini oshirishga xizmat qiladi.