#Deputat_faoliyati
#24_ta_masala
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ochilova 6-Farovon saylov okrugida obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi
Aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ochilova 6-Farovon saylov okrugida tashkil etilgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida hududda sanitariya holatini yaxshilash, yo‘l yoqalarini tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi yashash maskanlari atrofini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Deputat mahalla faollari va yoshlar bilan birgalikda hududni yanada obod qilishga hissa qo‘shdi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram