✍️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan Lolazor mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
❇️ O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
❇️Aniqlanishicha, yoshlar yetakchisi tomonidan ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunda 8 nafar ishsiz yoshning 4 nafari ish bilan ta’minlangan. Qolgan yoshlarni ham bandligini ta’minlash yuzasidan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
❇️Shuningdek, mahalla faollari tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida alohida sport maydoni uchun yer ajratish masalasi ko‘tarildi.
❇️Mazkur taklif deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, uni amaliy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.