Pastdarg‘om tumanidagi mahallalarni ixtisoslashtirish bo‘yicha “Sayhunobod” tajribasi asosida tomorqa va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanib, 6 ta mahallaning ixtisoslashuvini chuqurlashtirib, ularni 28 ta (28%)dan 34 ta (34%)ga yetkazish maqsad qilingan.
Chortut MFYdagi jami 1 132 ta xonadonlarning tomorqa maydonlari o‘rtacha 4-5 sotixni tashkil qilib, bugungi kunda ularning 182 tasida qulupnay yetishtirilmoqda va o‘rtacha 40-50 million so‘m daromad olinyapti.
Tuman hokimi J.Pardayev, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Ziyodullayev va masʼullar hamrohligida, ushbu hududdagi ijara yer maydonlari va aholi tomorqasidagi qulupnay yetishtirish jarayoni bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun, yil yakuniga qadar ushbu mahalladagi qulupnay yetishtiruvchi xonadonlar sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.