Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan to‘rt oyida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat Sh.Dehqonov Qo‘qon shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada dori-darmon ta’minotini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot maskanlaridagi sharoitlarni yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan tizimli o‘rganish davomida aholi salomatligi uchun eng muhim bo‘lgan quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

bepul ta’minot: Davlat tomonidan ajratilayotgan va birlamchi tibbiy yordam uchun eng zarur bo‘lgan 24 turdagi bepul dori-darmon vositalarining poliklinikada to‘liq mavjudligi;

Saqlash sharoitlari: Dori-darmonlarning sifati yo‘qolmasligi uchun tibbiy me’yorlar va maxsus harorat qoidalariga mos ravishda, xavfsiz saqlanishi;

Manzilli taqsimot: Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, surunkali kasalligi bor bemorlar hamda dispanser nazoratida turgan fuqarolarning dori vositalari bilan o‘z vaqtida va bepul ta’minlanish jarayoni.

O‘rganish davomida Sh.Dehqonov poliklinikaning mas’ul tibbiyot xodimlari va shifokorlari bilan suhbatlashdi. Muloqotda bepul dori-darmonlar taqsimotining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish hamda mahallabay ishlash tizimi orqali har bir bemorga individual yondashish zarurligi ta’kidlandi. Shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qo‘qon shahri aholisi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish deputatlik faoliyatining bosh mezonidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3