Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan G‘alatoy mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Sahovat mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga deputati I.Raximov hamda kotibiyat mudiri M.Kamolovalar tomonidan “Altintau” OFYda hokim yordamchilari faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan:
🔹 7 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan;
🔹 16 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilingan;
🔹 9 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Shuningdek, hudud aholisi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar o‘rganildi. Mutasaddilarga mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish hamda aholining daromad manbalarini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4