Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat Matlyubaxon Abduraxmonova O‘rda tagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan to‘rt oyida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
SOG‘LOM TURMUSH – SOG‘LOM JAMIYAT GAROVI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 26-sessiyasida tumandagi 1-son sport maktabi direktori S. Mamasoliyevning aholini sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

✅So‘nggi yillarda mahallalarda 8 ta zamonaviy sport maydonchalari barpo etilib, 3 ta xususiy sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

✅Natijada aholining ommaviy sport bilan shug‘ullanish darajasi 26 foizdan 31foizga oshdi.

✅ Semizlik 6 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari 11,2 foizga, infarkt 12 foizga va insult 10 foizga qisqargan.

❇️Sessiyada hisobot qoniqarli deb topilib, mas’ullarga qator vazifalar yuklatildi:
— aholi va yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish;
— mahallada sport tadbirlarini tizimli tashkil etish;
— sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish;
— band bo‘lmagan yoshlarni sportga jalb etish;
— tashkilotlarda haftalik sport mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilandi.

Slide 1 of 1