️Сhilonzor tumani hokimi S.Xolxo‘jayev tomonidan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlariga mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-sonli qarori bilan, Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2025-yil uchinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mablag‘ ajratilib, belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Sultonov Bahodir Turg‘unovichning aholi murojaatlari yuzasidan taklifi asosida Katta Chilonzor-1 mahallasining 10-58-61 uylar oldi asfaltlash ishlari yakuniga yetkazildi.
️Xalq roziligi — oliy maqsadimiz!