O‘rganish jarayonida mahalla hududida yangi transformator o‘rnatilishi, elektr beton ustunlarini joylashtirish, kabel simlar tortish, ko‘chalarga tosh yotqizish ishlarining borishi hamda aholi uchun muhim bo‘lgan boshqa obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng dolzarb vazifalar yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.
Mahallada olib borilayotgan bunday amaliy ishlar hudud obodligi va fuqarolar turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.