🏥 Tibbiyot birlashmasi infratuzilmasi va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurilib, uning infratuzilmasi o‘rganildi.
🔍 Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💊 Shuningdek, zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish, kadrlar salohiyati va xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🛠️ Mutasaddilar tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yanada yaxshilash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Bu kabi tashriflar joylarda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va aholining tibbiy xizmatlardan mamnunligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.