Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A.Dadajonov tomonidan “Iftixor” mahallasidagi muammolar o‘rganildi.
🔍 Aniqlanishicha, katta yo'l bo'yidagi ariqda suv quvuri to'lib oqayotganligi bo'yicha murojaat bo‘lgan. Bu holat, fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.
📌 Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan murojaat yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.