Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida A.Navoiy MFYda joylashgan 1-tibbiyot texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

 Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi, yoshlar bandligi

 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati

 Sport infratuzilmasi: maktablar, kollej va akademik litseylar sport zallari hamda jihozlarining holati

 Hokim yordamchilari faoliyati, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari

 Ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojmand aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, nafaqa va moddiy yordamlar ajratilishi

 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi

 Soliq inspektori faoliyati va yuklatilgan vazifalarning bajarilishi

 Ichki ko‘chalar holati, tungi yoritish, yo‘l tirbandliklari hamda yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish choralari

 Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati

 Jamoat transporti harakati, avtobus bekatlari holati va chiptalar tizimi qulayligi

 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati

 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi

 Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritiladi hamda ularning ijrosi nazoratga olinadi.

 O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 3