Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Nurafshon MFYda o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Togʻliq mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Chinoz tumani.Eshonobod hududidagi park holati o‘rganildi

Eshonobod hududidagi park holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekov Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Eshonobod hududida joylashgan parkning bugungi holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida park hududining obodonlashtirilishi, mavjud infratuzilma, yashil hududlarning saqlanishi hamda aholining hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, park hududida tozalikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish hamda fuqarolar uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish hududda obodonlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish, aholining dam olishi uchun qulay sharoitlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5