#sayyor_qabul
Xalq deputatlari Kogon shahar kengashi raisi A. Yangiyev, kengash deputati I. Gulamov hamda kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Zirobod MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur qabulda 30 nafardan ortiq saylovchilar ishtirok etib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy masalalar, infratuzilma va kundalik muammolarga oid savollar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar deputat so‘rovi orqali hal etilishi belgilandi hamda yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi. Sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)