Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi. 

KUN TARTIBI:

1-masala:

Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

Hisobot beruvchi: Olmazor tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xatamov Dilshod Faxriddinovich

2-masala:

Olmazor tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

Hisobot beruvchi: Olmazor tuman Ekologiya bo‘limi rahbari Qodirov Nodir Qodir o‘g‘li.

3-masala:

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida;

Hisobot beruvchi: Davlat kadastri palatasi Olmazor tuman filliali boshlig‘i Qosimov Abdurasul Abduvaxob o‘g‘li.

  Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, 3 ta muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Slide 1 of 5