Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Nurafshon MFYda o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Togʻliq mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Maktabgacha ta’lim sifati deputat nazoratida

Maktabgacha ta’lim sifati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar doirasida deputat tomonidan Navoiy shahridagi 30-sonli hamda 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, guruhlar bandligi, oziq-ovqat ta’minoti hamda sanitariya-gigiyena holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tashkilotlarning moddiy-texnik bazasi, mavjud jihozlar va ularning holati ham ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbariyati hamda pedagog xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Xodimlar tomonidan, asosan, ayrim jihozlarni yangilash, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minotni yaxshilash hamda infratuzilmani yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tarbiyalanuvchi bolalarning ota-onalari bilan ham muloqot qilinib, ularning ta’lim sifatiga bo‘lgan munosabati va takliflari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bolalar tarbiyasi va xavfsizligi, ovqatlanish sifati hamda muassasalardagi qulayliklar yuzasidan ijobiy fikrlar bilan bir qatorda ayrim takliflar ham bildirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Jumladan, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, bolalar uchun yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlarni yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu boradagi ishlar ustidan deputatlik nazoratining o‘rnatilishi esa tizim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9