Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi

Tashrif davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning faoliyatini o‘rgandi. Xususan, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🔵Shuningdek, deputat tomonidan mahallada fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholi vakillarining murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilab olindi.

✅Hududlarda bunday uchrashuv va o‘rganishlar aholining muammolarini joyida hal etish, ularning murojaatlariga tezkor javob berish hamda samarali tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2