Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
QONUN IJROSI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati K. Xoldorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyevlar Toshloq tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limida “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tumanda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘limga UNOPS tashkiloti tomonidan keltirilayotgan laboratoriya jihozlarini o‘rnatish jarayonlari, mavjud jihozlar, laboratoriya tahlil uskunalari, ularning texnik holati hamda samarali foydalanish darajasi ham o‘rganildi.

Slide 1 of 8