Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.

#Buloqboshi #Kengash #Sessiya 

Bugun xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Shuningdek o'tkazilgan sessiya jarayonida quyidagi masalalar ko'rildi. 

 1.Buloqboshi tumani prokurori adliya maslaxatchisi N.M.Mamatazizovning 2026-yil I chorak davomida Buloqboshi tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, uning omillarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida. 

2.O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Buloqboshi tumani bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

3.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarga ovoz berish bo‘yicha g‘olib deb topilgan tadbirlar uchun qo‘shimcha g‘olib taklifni belgilash va ushbu taklif uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.02.2019-yildagi PQ-4197–sonli Qarori 2-ilovasi 2-bobi, 5-qismi hamda 17.01.2019-yildagi PF-5633–sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ahborot. 

5.Buloqboshi tumani bo‘yicha 2026-yil uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida. 

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi PF-172-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida. 

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi 47-sonli “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi to‘g‘risida.  

Xususan, deputatlardan tomonidan hisobot bergan tashkilot mas'ullariga o'zlarining savollari bilan yuzlandi va ular tomonidan savollarga kerakli javoblar olindi.

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

🌐 kengash.gov.uz

✅ t.me/kengash_buloqboshi

✅ https://www.facebook.com

Slide 1 of 6