Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ijtimoiy obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati hamda o‘z vaqtida bajarilishi deputatlar nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N.Akbarova tomonidan 11-A.Navoiy saylov okrugidagi A.Yassaviy mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar bandligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Toshloq tepa MFY fuqarolaridan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar qabuli.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar hududida amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkil etildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
Aholi murojaati deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov Tut tagi mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xalq bilan muloqot – muammolarga yechim topishning asosiy mezoni!

⏺Qabulning asosiy maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish orqali mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

💬Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan qabulda mahalla ahli tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.

💬Xususan:

🔅Kommunal soha: Elektr ta’minoti va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;

🔅Infratuzilma: Ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish;

🔅Ijtimoiy himoya: Moddiy yordam, davolanish uchun yo‘llanmalar va bandlik masalalari e'tibor markazida bo‘ldi.

🔵Murojaatlarning aksariyati deputat tomonidan joyida o‘rganilib, fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

🔵Yechimi ma’lum vaqt va mablag‘ talab qiladigan, shuningdek, mas’ul tashkilotlar aralashuvi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari tayyorlanishi va shahar Kengashi nazoratiga kiritilishi belgilab olindi.

🫥Deputat nazorati davom etadi: Qabulda bildirilgan har bir taklif va ariza deputatning doimiy nazoratida bo‘ladi va ularning ijrosi bo‘yicha aholiga muntazam axborot berib boriladi.

Slide 1 of 2