Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
21-SESSIYAGA TAYYORGARLIK: HUDUD RIVOJIGA XIZMAT QILADIGAN MASALALAR SHAKLLANTIRILDI

 21-SESSIYAGA TAYYORGARLIK: HUDUD RIVOJIGA XIZMAT QILADIGAN MASALALAR SHAKLLANTIRILDI 

🔹 Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Raximov rahbarligida Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashining navbatdagi 21-sessiyasiga kiritiladigan dolzarb masalalar doimiy
komissiya raislari O.Dadajonova, B.Sobirova
hamda deputat F.Abdusalomov ishtirokida
keng qamrovli va tanqidiy-amaliy muhokama qilindi. 

🔹 Muhokamalarda hudud rivoji, aholi turmush farovonligi va
mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan masalalar ustuvor yo‘nalish sifatida
belgilab olinib, sessiya kun tartibi aniq va maqsadli shakllantirildi. 

🔹 Yakuniy natijalarga ko‘ra, sessiyani chaqirish to‘g‘risidagi
farmoyish tasdiqlash uchun Kengash raisiga kiritildi. 

📌 Sessiyaga tayyorgarlik ishlari izchil davom
etmoqda — qabul qilinadigan qarorlar hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlariga xizmat
qiladi.
  

Slide 1 of 4