Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
Deputat axborot berdi

DEPUTAT UCH OYDA QAYSI MUROJAATLARGA YECHIM TOPDI?

O‘zLiDePdan 1-O‘.Jumaniyozov saylov okrugiga saylangan tuman Kengashi deputati Lola Xojaniyazova Beruniydagi 48-maktab binosida o‘z saylovchilariga 2026-yilning I choragi yakuni bo‘yicha axborot berdi.

Uchrashuvda “Mahalla yettiligi”, aholi va jamoatchilik vakillari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishdi. Prezident Qaror va Farmonlari ijrosi bo‘yicha deputatlik nazorati natijalari, aholidan tushgan murojaatlar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga chiqarilgan deputatlik so‘rovlariga javoblar holatlari yuzasidan axborot berildi. Tadbirda “Mahalla — Kengash — Senat” tamoyili asosida joylardagi muammolarni hal etish bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etildi.

Chorak davomidagi asosiy ko‘rsatkichlar:

Aholidan jami 13 ta murojaat kelib tushgan.

Muammolar yuzasidan 6 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan

3 ta murojaat joyida ijobiy yechim topgan, 4 tasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Hal etilgan muhim masalalar:

“O‘. Jumaniyozov — Shabboz dehqon bozori” yo‘nalishida aholi uchun arzon va qulay Damas mashinalari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Hududda tabiiy gaz bosimi me’yorlashtirildi.

Bir nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida aholidan ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi to‘kish, tomorqalarga oqava suv masalasi va elektr energiyasidagi uzilishlar bo‘yicha ham yangi murojaatlar tinglandi. Bitta murojaat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi. 2 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushintirish berildi.