Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida A.Navoiy MFYda joylashgan 1-tibbiyot texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat faoliyatidan

 Urg‘uch mahallasida deputat saylovchilariga axborot berdi 

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 23-Pulatchi saylov okrugidan
saylangan deputat Xalikulov Baxtiyor Ortiqovich
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari
faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil
31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini
oshirish to‘g‘risida”gi 22-son qaroriga muvofiq saylovchilariga
axborot berdi. 

Tadbir davomida deputat o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari,
hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mahallani
rivojlantirish borasidagi muhim tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
 

Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan ham
to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, fuqarolar o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga javob oldilar, dolzarb muammolar yuzasidan taklif va
mulohazalar bildirildi.
  

Slide 1 of 4