Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
Mahalla muammolari oʻrganildi, vazifalar belgilab berildi

 Mahalla muammolari oʻrganildi, vazifalar belgilab berildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov Turk mahalla
fuqarolar yigʻinida boʻlib, “mahalla yettiligi” hamda tuman mas'ullar
ishtirokida hudud aholisini qiynayotgan
muammolarni yaqindan oʻrgandi. Bunda asosiy eʼtiborni mahalla infratuzilmasini
rivojlantirish, aholi uchun qulay
sharoitlar yaratishga qaratdi. 

Shuningdek, aholi bilan muloqotda boʻlib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.
Xususan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, elektr energiyasi barqarorligini
taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ijtimoiy soha
obyektlarini qurish va taʼmirlash masalalari muhokama qilindi. 

Kengash deputati, tuman hokimi X.Umarov mahalla yettiligiga aholi muammolarini tez va
samarali hal etish boʻyicha zarur topshiriqlarni, shuningdek, mahallaning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush darajasini yuksaltirish,
tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash kabi masalalar boʻyicha
kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan masʼullarga vazifalarni belgilab
berdi.  

Slide 1 of 3