Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2026-yil aprel oyida amalga oshiradigan Ish rejasi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi

2026-yil aprel oyida amalga oshiradigan Ish rejasi

. Tanlov asosida tuman hokimi o‘rinbosarlarining quyidagi yo‘nalishlarda mahallalar kesimida hisobotlarini eshitish:

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi;

• Tuman IIB boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika holati bo‘yicha hisobotini eshitish 

• Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarining mahalliy byudjet ijrosi va qo‘shimcha daromad manbalari bo‘yicha hisobotini eshitish

• Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining byudjet daromadlari, soliqlar va soliq qarzdorligi bo‘yicha hisobotini eshitish

• Tuman suv xo‘jaligi tashkiloti rahbarining suv resurslarini boshqarish va suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha hisobotini eshitish

• Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi rahbarining hisobotini eshitish

• Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatini ko‘rib chiqish

• Qonunlar, Prezident farmonlari va Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan mahallalar kesimida o‘rganishlar

• Xalq nazorati” platformasi orqali kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish

• “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlari ijrosini muhokama qilish

• Tuman moliya organi rahbarining mahalliy byudjet ijrosi va daromad manbalari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish

• Ichimlik suvi va energiya ta’minoti, sel oqimlarining oldini olish, “Yashil makon” loyihasi nazorati

• Sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni olib chiqish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

• Saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va OAVda materiallar chop etish

• Mas’ullar: Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov bosh mutaxassislar K.Abdullayeva, T.Murodov va tuman Kengashining doimiy komissiyalari