🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani deputati J.Shaxmayev, kotibiyat mudiri Q.Bobojonovlar Yangihayot mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.
🔹O‘rganish davomida mahalla yoshlari uchun stadionni ta’mirlash, maktabda jismoniy tarbiya darslari uchun sport inventarlari sonini ko‘paytirish, ish o‘rinlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
🔹Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan ishlashda mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.