DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
🔹 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputati Feruza Omonova tomonidan dolzarb masala yuzasidan
deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔹 So‘rovda 54-umumta’lim maktabini o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida
zamonaviy videokuzatuv tizimi bilan jihozlash bo‘yicha ilgari surilgan taklif ijrosi
kechikayotgani qayd etildi.
🔹 Qariyb uch oy davomida amaliy natijalar va rasmiy ma’lumotlar taqdim etilmagani
tanqidiy baholanib, bu holat ijro intizomiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganini
ko‘rsatishi ta’kidlandi.
🔹 Shu munosabat bilan mas’ul idoralardan masala yuzasidan
aniq ma’lumot taqdim etish hamda ijroni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish
so‘raldi.