Deputat saylov okrugida
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova o‘z saylov okrugida joylashgan mahallalarda bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida aholi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini bandlikka jalb etish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.