Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
#Deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati

#Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarga qaratilgan chora-tadbirlar holatlari shahar Kengashining deputatlari A.Tursunboyev, K.Umarboyev hamda "Taraqqiyot" MFY raisi bilan birgalikda o'rganish ishlari olib borildi.

Aholi farovonligini oshirish va hudud obodligini ta’minlash maqsadida mahallamizdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlanmoqda.

 Uchrashuv yakuniga ko‘ra:

Ta’mirtalab ko‘chalarning holati xatlovdan o‘tkazildi;

Ishlarni amalga oshirish bosqichlari va muddatlari kelishib olindi;

Tegishli mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Yaqin kunlarda ichki yo‘llarda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlanadi.

Maqsadimiz — har bir ko‘chani ravon, har bir fuqaro uchun qulay qilish. Tez orada ushbu yo‘nalishda amaliy ishlarga start beriladi.

Biz xalqimizga munosib sharoit yaratish yo‘lida davom etamiz!

Slide 1 of 3