Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Do‘stlik MFY, Navbahor ko‘chasidagi 2–19-xonadonlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaat asosida joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi Axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida A.Navoiy MFYda joylashgan 1-tibbiyot texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputatlar faoliyatidan

 Ohangaron tumanida chiqindilarni o‘z
vaqtida olib chiqish borasidagi muammolar va yechimlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Nafisa Mo‘minova tuman Kengashi kotibiyati
bilan birgalikda tumanda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, maishiy chiqindilarni
o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya va ekologiya talablariga rioya etilishi holati
yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari tashkil etildi.
 

O‘rganishlar jarayonida chiqindilarni tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi “Angren Bunyod Fayz”
MChJ faoliyati atroflicha tahlil qilinib, korxona tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan
ishlar hamda 2026 yilda rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan vazifalar ko‘rib
chiqildi. Xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan aniq
xulosalar shakllantirildi.
 

Korxona mutasaddilari, tuman Kengashi kotibiyati rahbariyati va deputat ishtirokida o‘tgan
muloqotda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi bugungi kunda dolzarb
ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, ushbu masala yuzasidan aholi
tomonidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar va haqli e’tirozlar xizmat ko‘rsatish
tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
 

Muloqotda mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini
tanqidiy tahlil qilish hamda sanitariya holatini yaxshilash va ekologik barqarorlikni
ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash lozimligi qayd etildi. Shuningdek,
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati ustidan doimiy monitoring o‘rnatish, ularning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy
etishda ko‘maklashish muhim vazifa sifatida belgilandi.
 

“Angren Bunyod Fayz” MChJ Ohangaron tuman filiali mutasaddilari tomonidan bildirilishicha,
bugungi kunda korxonaga biriktirilgan 31 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 23 tasi,
ya’ni 71,3 foizi to‘liq qamrab olingan. Shuningdek, 27 ta byudjet tashkiloti,
215 ta yuridik sub’ekt hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Mavjud 10 ta maxsus transport vositasidan 9 tasi faol holda xizmat ko‘rsatmoqda,
1 tasi esa ta’mirlash jarayonida.
 

Shu bilan birga, chiqindilarni tashishda maxsus texnika yetishmovchiligi mavjudligi
qayd etildi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida qator amaliy choralar belgilangan.
Xususan, investitsiyalar hisobidan aholi qamrov darajasini 90 foizga yetkazish,
6 ta chiqindi yig‘ish shahobchasini joriy ta’mirlash va ularga kuzatuv kameralari
o‘rnatish, 1 ta maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport xarid qilish, shuningdek,
yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
 

Qamrab olinmagan mahallalar — “Gulobod”, “Qorasuvyoqa” va “Shodmalik” MFYlarini to‘liq
xizmat bilan ta’minlash ham ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Davlat-xususiy
sherikchilik asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyiha doirasida 904 million
so‘m investitsiya jalb qilinib, chiqindi infratuzilmasini yanada rivojlantirish
maqsad qilingan.
 

O‘rganish yakunida tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari tomonidan “Angren Bunyod Fayz”
MChJga chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni qat’iy grafik asosida tashkil etish,
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
tegishli tavsiyalar berildi.
 

Shuningdek, deputatlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha
shartnomalarni o‘z vaqtida tuzish va ularning ijrosini ta’minlash, aholi o‘rtasida
esa mazkur xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha targ‘ibot
va tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari hududda sanitariya holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni
ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan
muhim qadam bo‘ldi.
  

Slide 1 of 1