Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Nurafshon MFYda o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Togʻliq mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi 2026” Parlamentlararo hamkorlik forumi boshlandi

Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi 2026” Parlamentlararo hamkorlik forumi boshlandi 

Ayni paytda “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markazida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi 2026” Parlamentlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevropa parlamenti a’zolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, akademik doiralar hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, mazkur forum Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi va forum ishiga muvaffaqiyat tiladi. Anjuman qonunchilik sohasida tajriba almashish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilishi qayd etildi.

– Ushbu forumni o‘tkazish tashabbusi o‘tgan yil aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ilgari surilgan edi, – deydi S.Safoyev. – Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan anjuman doirasida siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-logistika, raqamli transformatsiya, ta’lim va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Aytish joizki, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot va sheriklik bizning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarimizdan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo mamlakatlari Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy muloqot, aloqalar, yashil o‘tish va texnologik modernizatsiyani rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda. Biz Yevropa Ittifoqining ham ushbu murakkab davrda Markaziy Osiyo davlatlari bilan yangi sheriklikka intilayotganini tushunamiz. Ishonchimiz komilki, ushbu forum ochiq muhokamalar, fikr almashish va Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.

– Bizning kun tartibimizda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, savdo kvotalari va Yevropa bozoriga kirishni ko‘paytirish, ko‘p tomonlamalikni himoya qilish, ta’lim va tadqiqot sohasida almashinuv dasturlari uchun Yevropa imkoniyatlarini oshirish zarurati, energiya va raqamli aloqa, inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash va konstitutsiyaviy islohotlar o‘rin olgan, – deydi Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Giusi Princhi. – Ko‘plab dolzarb muammolarni faqat mintaqaviy darajada hal qilish mumkin. Shu bois ushbu forum g‘oyasini ilgari surgan Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildiraman. Bundan bir yil oldin Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng parlamentlarimiz ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqanidan xursandmiz. Yevroparlament sifatida biz hukumatlarimizdan farqli pozisiyani egalladik. Masalan, Markaziy Osiyo fuqarolari uchun vizalar berishni osonlashtirish maqsadida Qozog‘iston bilan dastlabki kelishuvga erishdik. Kelgusida mintaqadagi boshqa davlatlar bilan ham shunday muzokaralarni davom ettirish niyatidamiz.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 4