Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Go'ravval MFYda Safil toʻda ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati G‘ofurova Zebixon Sadikovna tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish va kommunal xizmatlar holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Ariq bo‘yi MFYda Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Aholi bandligi - deputat e’tibor markazida
янв.21
Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtdi.
Kengash_faoliyati

 Bandixon tumanida jinoyatchilikning oldini olish qizil va sariq hududlar bilan ishlash masalalari o‘rganildi.

✅Navbatdagi o‘rganish ishlari Bandixon tuman IIB bo'limida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E.Jurayev, deputat O.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tomonidan amalga oshirildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi tomonidan tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholi tinchligini ta’minlash borasida Bandixon tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik J.To‘rayev har bir mahalla kesimida jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularga sharoit yaratib berayotgan omillar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi.

✅O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari va tahlillar:

 ✅Profilaktik tadbirlar: Jinoyatning oqibati bilan kurashish emas, balki uning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektorlari va mahalla faollari bilan hamkorlik holati tahlil qilindi.

✅Muammolarni bartaraf etish: Hududlarda huquqbuzarliklarga zamin yaratuvchi omillarni aniqlash va hal etish choralari belgilandi.

 

“Maqsadimiz — har bir mahallani tinch va xavfsiz maskanga aylantirish.

Slide 1 of 4