Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Ariq bo‘yi MFYda Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Aholi bandligi - deputat e’tibor markazida
янв.21
Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat Matlyubaxon Abduraxmonova O‘rda tagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar deputatlar e’tiborida

Mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu chora-tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sport orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 14-Xalqabod okrugidan saylangan deputat O.Ollomurodov tumandagi “Shaffof” mahallasi hududida joylashgan 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganishlar olib bordi.

Maktabda o‘quvchilarga tajribali o‘qituvchilar har bir fan bo‘yicha sifatli ta’lim berib kelishmoqda. O‘quvchilar boshqa fanlar singari jismoniy tarbiya fanidan sport yo‘nalishida saboq olish bilan birga tashkil etilgan sport to‘garaklariga ham qatnashib kelmoqdalar.

Xususan, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish borasida ta’lim muassasida yoshlarning sport darslarida qatnashishlari va to‘garaklar uchun sport anjomlari bilan ta’minlanganligi o‘rganildi. Sport turlari bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etilgan. Jumladan, voleybol, futbol, shaxmat, shashka va stol tennisi to‘garaklariga 80 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etishmoqda.

O‘rganish davomida deputat maktabning bir guruh o‘qituvchi va ishchi xodimlari ishtirokida davra suhbatini ham o‘tkazdi. Ushbu suhbatda qatnashchilarga davlatimizda hozirgi kunda

Slide 1 of 9