Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Ariq bo‘yi MFYda Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Aholi bandligi - deputat e’tibor markazida
янв.21
Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat Matlyubaxon Abduraxmonova O‘rda tagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
Tuman Kengashi deputati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati U.Akkulov tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 

Sayyor qabul avvalida deputat davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma loyihalari hamda aholi murojaatlari asosida hal etilgan masalalar haqida ma’lumot berildi.
 

Shundan so‘ng fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Sayyor qabul jarayonida ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, ijtimoiy yordam, subsidiya va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 

Ayniqsa, mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan oilalarda ajrimlar sonining ortib borayotgani yuzasidan masala ko‘tarildi. Mazkur muammo jamiyat barqarorligi, farzandlar tarbiyasi hamda oilaviy qadriyatlarning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. 

Deputat ushbu masala yuzasidan o‘z takliflarini bildirib, mahallalarda hurmat va obro‘ e’tiborga ega bo‘lgan hoji ota va hoji onalarni, nuroniylarni oilaviy nizolarni bartaraf etish jarayonlariga kengroq jalb qilish zarurligini qayd etdi. Ularning boy hayotiy
tajribasi, pand-nasihatlari va oqilona maslahatlari yosh oilalar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, mahalla faollari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi bildirildi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga so‘rovlar yuborilishi hamda ularning ijrosi deputat nazoratiga olinishi belgilandi. 

Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Sayyor qabullar belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 8