Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI

#Doimiy_komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #Kotibiyat_hududlarda

JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi «Jasorat maktablari» faoliyati va ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xususan, Kengash qarori asosida «Jasorat maydoni»ni tashkil etish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli, to‘g‘ri va samarali sarflanishi yuzasidan deputatlik o‘rganishi olib borildi.

💼 O‘rganishda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Karimov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Oliy Majlis deputati yordamchisi Mirabbos Mansurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

💹 O‘rganish davomida «Jasorat maktablari»da o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda «Jasorat maydoni» uchun ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadlar asosida foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚠️ Biroq, o‘rganish jarayonida «Jasorat maydoni» bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar hali boshlanmaganligi aniqlandi.

📝 Mazkur holat yuzasidan mas’ullarga ishlarni ortga surmasdan, belgilangan vazifalarni jadallashtirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshiriladigan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish hamda «Jasorat maydoni»ni o‘quvchilar uchun zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega holda tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash, mahalliy byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 5