Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
SOG‘LOM AVLOD TARBIYASI — USTUVOR E’TIBOR MARKAZIDA

Bugungi kunda mahallalarda bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda jismoniy faolligi uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov tomonidan “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 3-band — mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari holati ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi mini-futbol va basketbol maydonlari, turniklar, jismoniy mashqlar moslamalari, stol tennisi jihozlari hamda boshqa sport obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Mahalladagi sport maydonlari va jihozlari deputat A.A. Xusainovning tashabbusi, amaliy ko‘magi va e’tibori asosida obodonlashtirilib, bolalar va yoshlar uchun munosib sport sharoitlari yaratilgan. Shu bilan birga, uzoq muddat foydalanish natijasida eskirgan stol tennisi stoli o‘rniga deputat A.A. Xusainovning tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan yangi stol tennisi stoli o‘rnatilib, mahalladagi bolalar va yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish sharoitlari yanada yaxshilandi. Yaratilgan sharoitlarni qadrlab, asrab-avaylash va sport obyektlarini soz holatda saqlash masalalariga ham doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ushbu amaliy ishlar mahalla bolalari va yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarziga keng jalb etilishiga xizmat qilmoqda.
Zero, yoshlar uchun yaratilgan har bir sport imkoniyati — sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasiga qo‘shilgan amaliy hissadir!

Slide 1 of 6