Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna deputatlik so‘rovi yoʻlladi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini va Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢Taxiatosh tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi
- Ajiniyaz va Bahor ko‘chalarining birinchi kesishmasida joylashgan eski, yaroqsiz quduqlarni olib tashlash,
- “Do‘stlik” MFY binosi ortida joylashgan bolalar maydonchasini qayta ta’mirlash va shu yerda joylashgan futbol stadioniga yoshlarning sport bilan xavfsiz shug‘ullanishlari uchun temir panjarali to‘siq o‘rnatish ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi hamda ushbu masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 Deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Slide 1 of 2