Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Adliya bo‘limida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatovlar tomonidan tuman Adliya bo‘limida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘RQ–445-sonli Qonuni talablarining ijro etilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, adliya bo‘limiga kelib tushayotgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etish, shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlariga asoslantirilgan javoblar taqdim etish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha adliya bo‘limi mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1