35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI

 24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-son qarori ijrosini tumanda ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

🔎 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kilichov tomonidan hududdagi tashqi reklama obyektlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashqi reklama vositalarining amaldagi talablarga muvofiqligi, ularning joylashtirilishi hamda belgilangan tartib va me’yorlarga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonunchilik talablariga rioya etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.