35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📌 Deputatlik nazorati:Aholi bandligi masalalari tahlil qilindi

#24_ta_masala

📌 Deputatlik nazorati:Aholi bandligi masalalari tahlil qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Raxmanova tomonidan Temirqadam mahalla fuqarolar yig‘inida 24 ta ustuvor masala doirasida aholi bandligini ta’minlash, hamda ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida mahallada mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar ro‘yxati, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlari hamda doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish ishlarining holati o‘rganildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2