35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputatlik so‘rovi: “Yangier” mahallasi aholisining ichimlik suvi muammosini hal etish masalasi ko‘tarildi

Murojaatda qayd etilishicha, mazkur hududdagi ichimlik suvi quvurlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani sababli suv bosimi keskin pasaygan hamda ayrim xonadonlarga umuman ichimlik suvi yetib bormayotgani aholi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Deputatlik so‘rovida mas’ullarga ushbu holatni o‘rganib chiqish, ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash va aholini uzluksiz hamda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 1