35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat mahallada Deputat so‘roviga asosan: Kultepa MFYdagi tibbiyot filialidagi muammolar va mas'ullarning javobi

Deputat so‘roviga asosan: Kultepa MFYdagi tibbiyot filialidagi muammolar va mas'ullarning javobi

Xabaringiz bor, Kultepa MFY hududidagi 51-sonli oilaviy poliklinika filiali faoliyati va mavjud holat yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. G‘ulomxonova tomonidan joriy yilning 15-iyul kuni deputatlik so‘rovi chiqarilgan edi.

Mazkur deputat so‘roviga tuman Tibbiyot bo‘limi tomonidan rasmiy javob qaytarildi. Biroq, murojaatda ko‘tarilgan masala va berilgan javob o‘rtasida quyidagi tafovutlar mavjud:

Hojatxona masalasi: Deputat so‘rovida muassasa hojatxonasini ta’mirlash emas, balki u to‘lib qolgani sababli uni maxsus texnika yordamida torttirib (tozalattirib) berish so‘ralgan edi. Tuman Tibbiyot bo‘limining javobida esa bu masala e'tibordan chetda qolib, kelgusida (2027-yilda tumandagi OP va OSHPlarning 5 ta hojatxonasini ta’mirlash rejalashtirilgani doirasida) hojatxonani ta’mirlash haqida so‘z yuritilgan.

Konditsioner ta'minoti: Tibbiyot muassasasiga zarur bo‘layotgan konditsioner moslamasi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan joriy yilning avgust oyida xarid qilinishi va o‘rnatilishi rejalashtirilganligi ma'lum qilingan.

Deputat so‘rovida qo‘yilgan amaliy va tezkor yechim talab etiladigan masala (hozirda tozalash zarurati) o‘rniga kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalarning keltirilishi masala o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini talab qiladi. Ushbu holat nazoratda davom ettiriladi.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw

Slide 1 of 1