35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Axmad Yugnakiy” mahallasida Irina Matkarimova joriy yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.

Yig‘ilishda “Axmad Yugnakiy” “mahalla yettiligi” va faollari, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman hokimligi,  “MADAD” NNT hamda tumandagi xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, deputat Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining doimiy komissiyalari faoliyatidagi hududni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ekologiya, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan muhokamalarda ishtirok etib, tegishli tavsiyalar bildirganligini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar joyida muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar ishtirokida ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5