Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Mahalla yettiligi faoliyati va ijtimoiy qonunchilik ijrosi deputatlik nazoratida

Mahalla yettiligi faoliyati va ijtimoiy qonunchilik ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Avliyokulov tomonidan “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor joriy yilgi ish rejalari ijrosi, mahalladagi ijtimoiy muhit hamda “Yangi hayot mahalla yettiligi” (mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodim)ning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati samaradorligiga qaratildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi mahallada qay darajada ta’minlanayotgani tahlil qilindi. Qayd etish joizki, mazkur muhim qonun hujjati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2016-yil 12-oktabrda maʼqullangan bo‘lib, bugungi kunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kengash raisi S.Nazarov mahalla yettiligiga hududdagi keksalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni doimiy yo‘qlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish hamda qonun talablarini qat’iy bajarish yuzasidan aniq tavsiya va topshiriqlar berdi. Tuman Kengashi tomonidan joylardagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 8