Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi haftalik ish rejasi ijrosi to‘g‘risida
Tasdiqlangan haftalik ish rejasiga binoan, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafoatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi K.Abdullayeva tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilot — Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Termiz tuman bo‘limi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish doirasida sohadagi joriy ko‘rsatkichlar, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifati va qonunchilik hujjatlari ijrosi ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbir tuman Kengashining deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi haftalik reja-grafigiga asosan to‘liq bajarildi.