Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, doimiy komissiya a’zolari, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda axborot va hisobot beruvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
🔹 Birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-son qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida Bag‘dod tumani prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot.
🔹 Ikkinchi masala – Bag‘dod tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi holati hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2026-yil ikkinchi choragi davomida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan savollar, taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va fikrlarni inobatga olgan holda, mazkur masalalarni Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 11