Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
O‘rganish jarayonida Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida:
🔹 11-03-141MK drenaj tarmog‘i bir necha yillardan buyon nosoz holatda ekanligi;
🔹 mahalla hududidan oqib o‘tuvchi zovurning tozalanishga muhtojligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etish, drenaj tarmog‘ini qayta ishga tushirish hamda zovurni tozalash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Bag‘dod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborildi.