Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish borasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi muhim masalalar joy oldi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi holati ko‘rib chiqildi. Mazkur hujjatlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tuman huquq-tartibot organlari rahbarlarining axborot va hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilishda hududda jinoyatchilik jilovini ushlash, "mahallaбай" ishlash tizimi orqali huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini ishonchli muhofaza qilish yuzasidan komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.