Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
PQ–209 ijrosi doirasida Qoryog‘di mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muhokama o‘tkazildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #162_ta_eng_muhim_qonun

PQ–209 ijrosi doirasida Qoryog‘di mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muhokama o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan "4-Qoryog'di" saylov okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovichning okrug hududidagi Qoryog‘di mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–209-son qarori ijrosini taʼminlash, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni barvaqt aniqlash va ularni tizimli hal etish maqsadida "mahalla yettiligi" ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

📂 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahallalardagi mavjud holat kompleks o‘rganildi.

📊 Jumladan, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan bandlikni taʼminlash, yangi daromad manbalarini yaratish va davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📇 Yig‘ilishda ijtimoiy himoya yo‘nalishida ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📈 Muhokama yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish belgilandi.

💼 Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Anvar Usmanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, mahalla raisi Alisher Yakubov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari ishtirok etishdi.

Slide 1 of 3