Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov ishtirok etdi,yigʻilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov olib bordi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga asosan mazkur hududdagi zahira qudug‘ini ishga tushirish uchun 100 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan GKTP va suv nasosi xarid qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar uskunalar o‘rnatilmagani sababli quduq foydalanishga topshirilmagan hamda aholi ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar saqlanib qolayotgani ta'kidlandi.

Yig‘ilish davomida "Vatan uy-joy xizmati" boshqaruv servis kompaniyasi rahbari S.Toshmatov mazkur masala yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikishining sabablari, amalga oshirilgan ishlar hamda zahira qudug‘ini qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Doimiy komissiya a'zolari tomonidan masala atroflicha muhokama qilinib, mutasaddilarga deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta'minlash hamda Atlas hududi aholisini barqaror ichimlik suvi bilan ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8